image
image
image

IT firmalari uchun
Autsorsing hizmatlari

Jarayon

Loyiha boshqaruvini o'zingizda qoldiring, kod yozishni esa bizga topshiring

+
Bu qanday ishlaydi?
Sifat tekshiruvi

Bajarilgan ishlarni sizning dasturchingiz va testerlaringiz tekshirib olishadi

+
Kafolatlangan Sifat
Mutaxassislar

Loyihalar ustida o'z ishining ustalari ish olib borishadi. Bajarilgan ish sifatini tekshirish uchun mijoz tomonidan hodim tanlanadi.

+
Yuqori Malakali Jamoa

Biz Sizga Quidagi autsorsing va autstaffing
xizmatlarni taklif qilamiz

icon

Frontend

React, Next.js va Astro

icon

Mobil ilovalar

Flutter, React Native

icon

UI / UX

Figma, Web design, Mobile design

icon

Backend

Node.js, Go

Nega bizning hizmatlarimizdan
foydalanishingiz kerak?

Hodimlar qidiruvi bilan band bo'lmaysiz

Loyihalaringiz uchun dasturchilar, dizaynerlar, testerlar va shu kabi hodimlarni qidirish bilan band bo'lmaysiz. Biz loyihangiz uchun kerakli hodimlar bilan sizni taminlaymiz, sizga qancha hodim kerak bo'lsa shuncha hodim taqdim qilamiz. Siz asosiy ishingiz bo'lgan loyihani boshqarish bilan shug'ullanishingiz mumkin.

Ortiqcha xarajatlar qilmaysiz

Hodimlarni o'z firmangizda ishchi sifatida ro'yxatga olmaysiz. Shu orqali vaqtincha loyiha yo'qligi sababli bo'sh qolgan hodimlarga oylik to'lash majburiyatini olmaysiz. Hozirda bu O'zbekistondagi ko'plab IT firmalarining muammosiga aylanib bormoqda

Biznesingiz uchun muhim bo'lgan ishlarga yetarlicha vaqt ajrata olasiz

Loyiha kodlarini yozishni bizga topshirish orqali biznesingiz uchun muhim bo'lgan ishlarga yetarlicha vaqt ajrata olasiz. Biz bilan ishlashda sizning vazifangiz oylik (yoki haftalik) rejalashtirish va ishlarni qabul qilib olishda qatnashish bo'ladi

Kompaniyamiz bilan tanishing

Ish jarayoni qanday olib boriladi

icon
Rejalashtirish

Mijoz bilan kelishgan holda qilinadigan ishlar rejalashtirib olinadi. Bunda loyihabay yoki scrumb tanlanishi mumkin.

icon
Bajarilish

Rejalashtirilgan ishlar bizning jamoa tomonidan bajariladi va jamoa yetakchisi tomonidan ko'rib chiqiladi. O'zgarishlar kiritish kerak bo'lsa dasturchiga qaytariladi.

icon
Topshirish

Jamoa yetakchisi tomonidan tasdiqlangan ishlar tekshirish uchun mijozga yuboriladi. Bajarilgan ishlarni mijozning dasturchisi va tester tekshirib olgach u yakunlangan hisoblanadi.

icon
Demo

Bir oy ichida qilingan barcha ishlar jamoa yetakchisi tomonidan mijozga ko'rsatiladi va mijoz bilan fikr almashinadi.

Mijozlarimiz

Biz bilan ishlay olmaysiz agarda siz:

Hodimlarimizni hurmat qilmasangiz

Garchi mijozlarning hohishlari biz uchun muhim bo'lsada, hodimlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish ham bizning vazifamiz hisoblanadi. Hodimlarimizning ishlari sizga yoqmagan taqdirda bu haqda bizga xabar berishingizni so'raymiz. Hodimlarimizga nisbatan qo'pol xatti-harakatlar va haqoratlar qat'iyan qoralanadi.

Islom shariyati doirasida faoliyat yurutmasangiz

Avvalo biz biron insonning taqvosi yoki diynini baholash yoki taftish qilish fikridan yiroqmiz. Din va taqvo erkinligi tarafdorimiz. Hodimlarimizning va asoschilarimizning qadriyatlarini hisobga olgan holda loyihalarning Islom shariyatiga muvofiqligi biz uchun muhim

Bajariladigan ish sifatidan ko'ra tezligini ustun qo'ysangiz

Albatta, mijozlarimizning loyihalari o'z vatida bajarilishi biz uchun ham muhim. Shu bilan birgalikda, mijozlarga yetarlicha sifatli ish bajarib berish bizning asosiy maqsadlarimizdan. Ishoning, sifatli barajilgan ish sizni kelajakda o'ta ko'p vaqt yo'qotishdan asrab qolishi mumkin.